Parlamentlarning ayol spikerlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ekspertlar ishtirokida o‘tgan Sammitda ayollar yetakchiligi, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv siyosatni ilgari surishga oid qator masalalar muhokama etildi. Barqaror tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda parlament a’zolari bo‘lgan xotin-qizlarning roliga alohida e’tibor qaratildi.
Sammitning birinchi sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi T.K.Narbaeva ma'ruza qilib, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» rezolyusiyasining asosiy qoidalari ishlab chiqilgan va tatbiq etilayotgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi hamda Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan milliy strategiyada o‘z aksini topganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasida taqdim etilgan «Gender tenglikka erishamiz: harakatlar ketidan harakatlar!» shiori ostida gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global kampaniyani ilgari surgan ilk mamlakatlardan biri bo‘lgani alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, Sammit davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini kuchaytirish, gender tenglik va tinchlik masalalari bo‘yicha barqaror hamda muntazam parlamentlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi, deb xabar beradip Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.









