Senat Raisi Qozog‘iston va Rossiya parlament palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

    Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko hamda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbaev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Uchrashuvlarda V.Matvienko hamda M.Ashimbaev T.Narbaevani Senat Raisi lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Muloqot chog‘ida O‘zbekiston parlamenti bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, hududiy vakillik organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kun tartibidagi muhim vazifalar ijrosi hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.