Senat Raisi Tanzila Narbayeva “Qoʻyliq” bozori hududida boʻlgan mardikor bozoridagi ayollar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal etdi
Ijtimoiy hayot
27 mar 2021, 18:42
1 766
Bugun, 27-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Ishchi guruhi poytaxtimizning Yashnobod tumanida boʻlib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni oʻrganib, aholi bilan bevosita muloqot qildi.
Xususan, Senat Raisi T.Narbayeva ushbu tumanlardagi kunlik ishchilar markazi faoliyatiga eʼtibor qaratdi. “Qoʻyliq” bozori hududidagi “Mardikor bozori”dagi fuqarolar-ishchilar bilan suhbatlashdi. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganib, murojaatlarini tingladi. Shu yerning oʻzida ular nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.