Taʼkidlanganidek, Qonunda jinoiy ishlar tekshirilishi va boshqa protsessual harakatlar olib borilishi munosabati bilan yuridik yordam koʻrsatishning asoslari va shartlari nazarda tutilmoqda.

Xususan, soʻrovlarning shakli va mazmuni, yordam koʻrsatishni rad etish yoki kechiktirish asoslari, soʻrovlarni bajarish, himoya choralari, xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, jinoiy taʼqibni davom ettirish uchun oʻtkazish kabi muhim masalalar boʻyicha qoidalar belgilanmoqda.

Senatorlar jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoiy ishlar boʻyicha tekshirish va sud muhokamasida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Shuningdek, Shartnoma ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda koʻrishda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun maʼqullandi.