Suhbat chog‘ida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi. Dastur gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash, demografik masalalar bo‘yicha O‘zbekiston siyosati va amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llab-quvvatlashni, parlament va tegishli davlat tuzilmalari bilan hamkorlikni nazarda tutidi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar samarali hamkorlikka hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.