Muloqot davomida Oʻzbekiston Oliy Majlisining MDH davlatlari parlamentlari bilan oʻzaro hamkorligi va istiqboldagi rejalariga eʼtibor qaratildi.
Tomonlar davlatlar oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik munosabatlari mustahkamlangani, barcha sohalardagi aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini, bu esa mamlakat xalqlari farovonligi uchun juda muhim ekanligini taʼkidladi.
Ayniqsa, ushbu jarayonlarda parlamentlarning roli oshib borayotgani hamda Oʻzbekistonning Assambleya faoliyatidagi tashabbuskor pozitsiyasi alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuv davomida kelgusida ham Oʻzbekistonning MDH Parlamentlararo Assambleyasi hamda unga aʼzo davlatlar bilan hamkorligini yanada kengaytirishga va yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.