Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yuqori baholab, mamlakatimiz rivojlanishi barcha turkiy davlatlar va islom olami uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha turkiy tilli davlatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, TurkPA doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.