Uchrashuvda S.Safoyev Yaponiya elchisining faoliyati samarali boʻlgani hamda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga katta hissa qoʻshganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shu bilan birga, muloqot mobaynida ikki mamlakatning oʻzaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari ham muhokama etildi.

Suhbat davomida Prezidentimizning 2019-yilda Kunchiqar mamlakatga amalga oshirgan tarixiy tashrifi Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi oʻzaro strategik sheriklik aloqalari uchun yangi ufqlarni ochib bergani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya elchisi kelgusida ham ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning mustahkamlanishini faol qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.