Videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:
- “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi;
- “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi;
- “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi;
- “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi.
Bundan tashqari, senatorlar tomonidan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, Adliya vazirining Oʻzbekistonda 2019-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitilishi nazarda tutilgan.