Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar shular jumlasidandir.
Avval aytib oʻtganimizdek, ayni vaqtda Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan fuqarolar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushayotgan takliflar atroflicha oʻrganilib, komissiyaning har bir majlisida muhokama qilinyapti.
Oʻz navbatida, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov komissiya majlisida Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish yuzasidan oʻz takliflarini bildirgan edi.
Shuningdek, senator Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutida oʻtkazilgan davra suhbatida ham kirish soʻzi bilan ishtirok etib, bildirgan takliflarini birma-bir sanab oʻtdi.
Xususan, senator JPKning 226-moddasida bayon etilgan normani, yaʼni ushlab turilgan gumon qilinuvchining aybi 48 soat ichida tasdiqlanmasa, unga nisbatan ayb eʼlon qilinmasa va ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan boʻlsa, uni tezlik bilan ozodlikka chiqarish masalasini, aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini, gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashga majbur emasligini va yana shu kabi normalarni Konstitutsiyada aks ettirish yuzasidan takliflar bildirganini qayd etib oʻtdi.
Davra suhbatida Qoʻmita raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov ham soʻz olib, kiritilayotgan oʻzgartirish va jarayonlar yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Suhbat soʻnggida ishtirokchilar senatorlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javob oldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.