Joriy yil 1 iyun` kuni senator N.Abdullaxanov hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi birinchi o'rinbosari I.Qo'chqorova Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanidagi “Iminjon-Muxarrambonu” fermer xo'jaligi rahbari Azizaxon Rahimovaning faoliyati bilan tanishdi.

Aziza opa 2007 yildan buyon 82.2 gektar er maydoniga ega fermer xo'jaligini boshqaradi. SHundan 46.2 gektar paxta va 36 gektariga g'alla ekilgan.

e'tiroflisi, fermer tomonidan pilla etishtirish bo'yicha 2020 yilgi  shartnomaviy rejasi 12 qutidan 662 kg. o'rniga 676 kg. qilib, rejani 103 foiz ortig'i bilan birinchilardan bo'lib bajardi.

– Kelgusida paxta va g'alla rejalarini ham ortig'i bilan bajarishga astoydil bel bog'laganmiz, – deydi fermer Azizaxon Rahimova. – Ayollari qadrlanadigan, e'zozlanadigan yurtda yashab kelayotganimdan faxrlanaman. O'zingiz ayting, biz, tadbirkor va fermer xo'jaliklari uchun davlatimiz tomonidan shart-sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, unga munosib javob qaytarmasak uyat emasmi?! Boz ustiga, yurtimizning bohavoligi ishimizning samarasiga muhim ahamiyat kasb etadi. SHu o'rinda, Uchqo'rg'onning havosini YAltaning havosiga alishmayman.

SHuningdek, senator N.Abdullaxanov fermer A.Rahimovaning faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.