Konfutsiyning shunday hikmati bor: “Agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi bo'lsang, bug'doy ek, o'n yil boqmoqchi bo'lsang, daraxt ko'kartir, asrlar davomida boqmoqchi bo'lsang, ilm, bilim ek”. YUrtimizda islohotlarning yangi bosqichida yoshlarni bilimli qilish, ularga ilm o'rgatishga ustuvor ahamiyat berilayotgani quvonarli hol. 

Iqtidorli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni moddiy-ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida Senator stipendiyasini ta'sis qilgan edik. Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi Madina YUnusova uning ilk sohibasi bo'ldi. Bugun unga maxsus stipendiya olish huquqini beradigan sertifikat topshirildi.   

YOshlar — bamisoli nihol. Ularga yaxshi ta'lim-tarbiya berib, to'g'ri yo'lga yo'nalishtirishga barchamiz mas'ulmiz. Umid qilamizki, biz ta'sis qilgan stipendiya yoshlar qalbida bilimga muhabbat uyg'otib, katta hayot ostonasidagi izlanuvchan va intiluvchan yoshlarga kichik ko'mak va rag'bat bo'ladi.