57 yoshli Skott o'zi tahsil olgan Charleston janubiy universitetida so'zlagan nutqida “Men prezidentlikka nomzodimni e'lon qilaman”, dedi. Siyosatchi o'tgan hafta prezidentlik poygasida ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etgan.
Skott 10 yil davomida Janubiy Karolinadan senator bo'lib, Bank, uy-joy va shahar ishlari bo'yicha qo'mita a'zosi sanaladi. 2013-yilgacha u AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zosi bo'lgan, undan oldin esa shtat Vakillar palatasi a'zosi bo'lgan. Skott Senatda ishlagan atigi 11 nafar afro-amerikaliklardan biri va Kongressning ikkala palatasida ham faoliyat yuritgan birinchi afro-amerikalikdir.
Avvalroq Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp, AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli, Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Asa Xatchinson, tadbirkorlar Vivek Ramasvami, Perri Jonson va jurnalist Larri Elder respublikachilardan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun o'z nomzodlarini ilgari surgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.