Xususan, AQSH Milliy okeanografiya va atmosfera agentligining Kosmik ob-havoni tadqiq qilish markazi maʼlumotlariga koʻra, 11-25-sentyabr kunlari kuchsiz magnit boʻronlari kutiladi.

Shu yilning 5-sentyabr kuni Yerni kuchsiz magnit boʻroni qoplagan edi. 1-oktyabrda ham shu kabi holat kuzatilishi mumkin. Olimlarning fikricha, 10-sentyabrgacha quyoshdagi chaqnashlar faolligi past darajada saqlanib qoladi.

Maʼlumotlariga koʻra, 10-sentyabrda sayyoramizni bir kunlik past intensivlikdagi magnit boʻroni qoplaydi, 13-16-sentyabr kunlari ham xuddi shunday hodisa kuzatiladi. 22-sentyabrda kichik geomagnit tebranishlar, 26-sentyabrda esa kuchli magnit boʻroni kutilmoqda.

Mutaxassislar bunday paytlarda oddiy qoidalarga amal qilish kerakligini taʼkidlashmoqda: hazmi ogʻir taomlarni isteʼmol qilmaslik, spirtli ichimlik ichish va chekishdan tiyilish tavsiya etiladi.

Ob-havo sharoitiga sezgir boʻlganlarga avtomobil haydashdan voz kechish, stressdan uzoq boʻlish maslahat berilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, magnit boʻronlari taʼsirida quvvatning pasayishi, psixo-emotsional holatning susayishi, bosh ogʻrigʻi va uyqusizlik kuzatiladi. Bunday alomatlar organizmning xususiyati, odamning yoshiga, surunkali kasalliklarning mavjudligiga bogʻliq. Keksa odamlar meteorologik qaramlikka koʻproq moyil boʻladi.