Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchi Momchilo Babich Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirgan.
«Siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga oʻzaro tayyorligimizni bildirdik. Elchi janoblariga mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deydi Baxtiyor Saidov.








