Sergeli tumani sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

    Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Sergeli tumani sudining sudyasi (Sh.A.) pora oldi berdisi vaqtida qoʻlgan olingani maʼlum boʻldi.

    Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishida Sergeli tuman sudi sudyasining sudyalik vakolatlari toʻxtatildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

    Yigʻilishda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

    Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.

    Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.