Sergelida 6 tasmali 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli qurilmoqda

    Urbanizatsiya 27 Oktabr 2020 5411

    Toshkent shahrining Sergeli tumanida Choʻponota, KHAY, THAY va Qipchoq koʻchalari oʻrtasida joylashgan olti qatorli avtomagistral va uchta yoʻl oʻtkazgich qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

    Loyiha 2021-yilning kuz oylarida oʻz nihoyasiga yetadi.

    Yoʻlning umumiy uzunligi: 6 kilometr, 3 tasma va 6 yoʻnalishli. Koʻprikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha yetadi. Mazkur koʻprik Oʻzbekistondagi ilk YAXLIT BETONdan bunyod etilayotgan qurilmadir. Yaʼni, qurilish-montaj ishlari butun dunyoda faol qoʻllanilayotgan, jahon standartlariga mos monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qoʻllagan holda olib borilmoqda.

    Choʻponota koʻprigining umumiy uzunligi 597 metrni, bogʻlamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Koʻprik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yoʻlaklar nazarda tutilgan.

    Loyiha tamomlangach, yurtdoshlarimiz Sergelidan shahar markaziga 20 daqiqada yetib olishlari mumkin boʻladi.