Bu ishlarning barchasi aholi uchun BEPUL amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda.
Hokimlik noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmaslikka chaqirmoqda.