Qayd etilishicha, favqulodda vaziyat oqibatida 39 ta ko‘p qavatli uylardagi 1370 ta xonadon hamda 246 ta yerli xonadonning fasad, oyna-rom, eshik va tom qismiga ziyon yetkazilgan.
Shuningdek, hududdagi 305-umumta’lim maktabi (1250 o‘rinli) va 600-bog‘chaning (720 o‘rinli) deraza-romlari, eshik va fasad qismiga zarar yetgan.
Hozirda ushbu obyektlarga pudrat tashkiloti biriktirilib, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.