U MDH Ijroiya qoʻmitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda. Markaziy saylov Sergey Lebedev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxoʻjayev mamlakatimiz saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Qayd etish joiz, MDH Ijroiya qoʻmitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylovlarni kuzatish boʻyicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qoʻmitasi kuzatuvchilari missiyasi 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini kuzatib boradi. Missiya Oʻzbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator saylov uchastkalarida boʻlib, saylovlar yuzasidan oʻzining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

“MDHga aʼzo 7 ta davlatdan Oʻzbekistondagi Prezident saylovini yoritish maqsadida 162 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtdi. Biz Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovlarning qanday oʻtishini quzatmoqchimiz. Missiyamiz vakillari allaqachon baʼzi tumanlarda boʻldi va uchastkalardagi vaziyatni oʻrgandi. Aytmoqchimanki, Oʻzbekistondagi Prezidentlik saylovlari adolatli oʻtishi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi uchun juda muhim. Oʻzbekiston qardosh mamlakat, qardosh xalq boʻlgani uchun, bizni saylov qanday oʻtkazilishi qiziqtirmaydi. Balki biz hammamiz saylovning yuqori saviyada oʻtib, Oʻzbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz”, dedi Sergey Lebedov.

Shuningdek, uchrashuvda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi S.Lebedev saylovlarni demokratik, erkin va oshkora oʻtgazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Bahor XIDIROVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri