Dunyo dietologlari, shuningdek, olimlar ham shokoladning inson organizmi uchun foydali ekanini taʼkidlashadi. Аmmo bu yerda meʼyor degan narsa bor. Bundan tashqari, organizm uchun eng foydali deb achchiq shokolad eʼtirof etiladi. Bu esa shokoladning boshqa turi zararli degani emas. Аchchiq shokoladda shakar miqdori kamligi uchun ham koʼproq foydali deb hisoblanadi xolos. Qolgan shokoladlarda esa xuddi achchiq shokoladdagidek koʼplab vitamin va mikroelementlar, jumladan, А, V1, V2, V12, S va D vitaminlari, temir, kalьtsiy, magniy bor. Аgar siz kuniga 50-70 gramm atrofida shokolad isteʼmol qilsangiz, bilingki, bu mahsulot turi yurak, jigar, bosh miya, markaziy asab tizimi kabilarga oʼzining ijobiy taʼsirini oʼtkazadi.
Tadqiqotchilar 1000ga yaqin odamning nimalar yeyishlari, kuniga isteʼmol qilgan kaloriyalari va semizlik indeksini tekshirib chiqishgan.
Natijalar shuni koʼrsatdiki, haftasiga bir necha bor shokolad yeb yuradigan insonlar uni juda kam isteʼmol qiladigan insonlarga qaraganda ozgʼinroq ekanlar.
Olimlarning ishonishlaricha, shokolad kaloriyaga oʼta boy boʼlsa ham vaznni yoʼqotish jarayonida rol oʼynaydi.
Bundan tashqari aytilishicha, yeyilgan shokolad miqdori emas, ne qadar tez-tez isteʼmol qilish koʼproq rol oʼynar ekan.
Yaʼni onda-sonda lekin koʼp shokolad yeyish istalgan natijani bermaydi.
Shu bilan birga dofamin, serotanin kabi garmonlarning shokolod tarkibida mavjudligi bois u "Kayfiyat koʼtaruvchi" nomini olgan.
Biroq... meʼyoridan oshgan shirinlik "dushman"ga aylanadi. Shved olimlarining tavsiyalariga koʼra, inson uchun bir kunda 40 gramm atrofidagi shokolad miqdori kifoya. Kunlik miqdorning oshib ketishi organizm uchun xatarli oqibatlarni olib kelishi mumkin. Belgilangan meʼyordan ortiq isteʼmol qilingan shirinlik tanada har xil allergik holatlarni keltirib chiqarishi, qon-tomirlari faoliyatini buzilishi, tish emalining zararlanishiga va ortiqcha vazn, semizlik kabi holatlarga olib kelishi aniqlangan.
Shokoladni haddan ortiq isteʼmol qilish bosh ogʼrishiga olib kelishi mumkin. 22 foiz bemorlar shokolad sabab migren paydo boʼlganidan shikoyat qilgan, ammo bu oʼz tasdigʼini topmagan.
Shokolad qorin mushaklarini boʼshashtirib, pulsni jadallashtirish xususiyatiga ega boʼlgan metilksantinni oʼz ichiga oladi. Uning isteʼmolidan keyin jigʼildon qaynashi holati ham kuzatilishi mumkin.
Bir qancha foydasi borligi shokoladning kaloriyaga boy ekanini inkor eta olmaydi. Undan tiyila olmaslik va meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish sezilarli darajada vazn ortishiga olib kelishi mumkin.
OʼzMU talabasi Аsila Аliboeva tayyorladi.