Tadqiqotchilarning fikricha, havo shariga ilib qo'yiladigan seysmograf seysmik faollik tufayli sayyorada paydo bo'ladigan va gazsimon muhit orqali uzatiladigan infratovush to'lqinlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun qurilma yerga eng o'xshash sharoitlarga ega bo'lgan atmosfera qatlamiga joylashtirilishi kerak. Shu orqali Venera yuzasida ekstremal harorat va bosim ta'siridan qochish mumkin.

Olimlar Yerda bir qator tajribalar o'tkazishdi va stratosferada joylashgan seysmograflar epitsentrdan uch ming kilometr masofada joylashgan 7,3 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila signallarini qabul qila olishini aniqlashdi. Tadqiqotchilar bunday qurilmalar Venerada ham xuddi shunday ishlashiga ishonmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.