Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali Geofizika instituti seysmometriya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Aleksandr Gulyayev ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, silkinish shunchalik kuchli bo'lganki, “taranglik va siqilish to'lqinlari zilzila manbasidan uzoq masofalarga tarqalgan”. Shuning uchun ham seysmologik hodisa Shimoliy Kavkaz, Gruziya, Armaniston, Eron va boshqa bir qator davlatlarga ham ta'sir ko'rsatdi.
Ekspertning qo'shimcha qilishicha, qirg'oqbo'yi aholi punktlarida bunday silkinishlar bir oy davom etishi mumkin, deb xabar beradi aif.ru.









