Shahar va qishloqlarda nechta mahalla bor? Qanchasi togʻli, choʻl va chegara hududida joylashgan?

    Mamlakatimizda 1 Fevral 2021 11207

    Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva shu haqda maʼlumot berdi:

    2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, yurtimizda 9 168 ta fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, ularning:

    8 877 tasi — mahalla fuqarolar yigʻini;

    161 tasi — ovul fuqarolar yigʻini;

    89 tasi — qishloq fuqarolar yigʻini;

    41 tasi — shahar fuqarolar yigʻinidan iborat.

    Mazkur fuqarolar yigʻinlarining 10 tasi — jamoatchilik asosidagi,

    11 tasi — harbiy shaharchalarda joylashgan fuqarolar yigʻinlari hisoblanadi.

    Eng koʻp — 1000 dan oshiq mahallaga ega hudud sifatida Samarqand viloyati yetakchilik qiladi. Bu viloyatda hozirgi vaqtda 1 100 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud. Undan soʻng Toshkent viloyati 10 48 ta, Fargʻona viloyati 1041 ta mahalla bilan keyingi oʻrinlarni band qilgan.

    Fuqarolar yigʻinlarining geografik joylashuviga toʻxtaladigan boʻlsak, respublikamizdagi 1 830 ta mahalla fuqarolar yigʻini — shaharlarda, 1 205 tasi — tuman markazlarida joylashgan.

    Tuman markazigacha 30 km boʻlgan masofada joylashgan mahallalar soni — 4 839 tani, tuman markazidan 30 km va undan olis masofada, togʻli va choʻl hududlarda joylashgan fuqarolar yigʻinlari soni — 720 tani tashkil etadi.

    Chegara yoki anklav hududlarda joylashgan fuqarolar yigʻini soni esa 574 tani tashkil etadi.