Shahinaxon Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani alohida taʼkidlandi

    15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalni qoʻlga kiritib, Paralimpiya oʻyinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani ham alohida taʼkidlandi.

    “Ayni vaqtda yuksak matonatli qizlarimiz ham Oʻzbekiston gʻalabasiga munosib hissa qoʻshganlari toʻgʻrisida har qancha gʻurur va iftixor bilan gapirsak arziydi, albatta.

    Jamoamiz qoʻlga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi”, — dedi davlat rahbari.

    Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Nurxon Qurbonova esa nayza uloqtirish boʻyicha Paralimpiya chempionlari boʻlgani qatorida jahon miqyosidagi rekordlarni ham yangilaganiga qoyil qolmaslikning iloji yoʻq.