Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor boʻlganlar qatoridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ham oʻrin oldi.
Mazkur e’tirof Shahnoza Mirziyoyevaning mamlakatimizda Paralimpiya harakatini rivojlantirish, nogironligi boʻlgan sportchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda inklyuziv sport muhitini kengaytirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatining xalqaro miqyosda ham yuqori baholanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.