U ushbu jangda gʻolib boʻladigan sportchi bilan keyinchalik ringda kuch sinash shartlari asosida ushbu qarorga kelgan.

“The Ring” nashrining yozishicha, WBA qoidalariga muvofiq, yarim oʻrta vazn WBA chempioni Stanyonisga IBF chempioni Ennisga qarshi jang oʻtkazishga ruxsatnoma berilgan. WBA qoidalariga koʻra, Stanyonis jamoasi ushbu jang haqida Shahram Gʻiyosovga murojaat qilgan va uning roziligini olgan.

WBAʼning qoidalariga koʻra, Stanyonis va Ennis oʻrtasidagi jang gʻolibi 120 kun ichida Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi shart.

“The Ring” nashrining yozishicha, Shahram Gʻiyosov ham 12-aprel kuni Atlantik-Sitida oʻtkaziladigan boks kechasida oʻz jangini oʻtkazadi. Uning bu jangdagi raqibi kim boʻlishi hozircha maʼlum emas.