баннер
30 Mar 2025
05:20

    Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

    Bugun, 26-mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan soʻng muntazam yoʻlovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi.

    Havo qatnovini “Silk Avia” kompaniyasining US721 reysi ochdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qoʻndi.

    Shu yilning 13-mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan edi.

    Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qoʻnish yoʻlagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirildi. Yurish yoʻlagini taʼmirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi, bu esa parvozlar qulayligi va xavfsizligini oshiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech