Tadbirda faxriy ustozlar, institut professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, yangi maskan bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot oʻrnida yotoqxona 5 qavatdan iborat boʻlib, 700 oʻringa moʻljallangan. Binoda 5 ta dars tayyorlash xonalari, 5 ta oshxona, 10 ta yuvinish xonalari va boshqa barcha qulayliklarga ega.
Yangi talabalar turarjoyi talabalarga Mustaqilligimizning 34-yilligiga munosib tuhfa boʻldi. Ushbu yotoqxona nafaqat yashash uchun qulay sharoit, balki bilim olish, ijod qilish va boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi.