Shahrisabz tumanida zamonaviy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

    Shahrisabz tumani Chorshanbe qo‘rg‘onidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida yangi zamonaviy IT markazi tashkil etilmoqda.

    Hozirda ushbu loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, jami 63 ming 700 AQSH dollarilik eng so‘nggi rusumdagi kompyuter jihozlari olib kelindi.

    Tuman hokimining o‘rinbosari Suhrob Ashurov IT markaziga borib, binoni jixozlash va pardozlash ishlari bilan tanishdi.