Tadbir tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rejasiga koʻra, festival doirasida xorijiy va mahalliy brendlarning liboslar kolleksiyalari namoyish etilib, yosh modelyer va dizaynerlar ijodiy ishlarining taqdimotlari uyushtiriladi.
Shuningdek, ikki kun davomida Shahrisabzda chet ellik mehmonlar ishtirokida mavzuga doir ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari va uchrashuvlar, milliy hunarmandchilik va zargarlik buyumlari hamda Qashqadaryoga xos anʼanaviy taomlar koʻrgazma-yarmarkalari, etnosport turlari boʻyicha bellashuvlar va koʻrgazmali chiqishlar tashkil etiladi.