Prezidentimizning 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytariladi.

Zaxiraga qaytarilgan yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi.

Yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga beriladi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanining “Shamaton”, “Yangibogʻ” va “Chorshanbe” MFYlarida Prezidentimizning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sayyor xizmatlar tashkil etildi.

Sayyor qabulda Shahrisabz tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari va tuman adliya boʻlimi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida tashrif buyurgan aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi. 32 nafar fuqarolarga ERI kalitlari hamda subsidiya asosida uy-joy olish niyatidagi fuqarolarga huquqiy axborotlar berildi. Farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotiga elektron navbatga qoʻyish uchun arizalar olindi.