Fransiyalik arxitektorlar tarixiy shaharning eski mahalla qismi qurilishi, tarixiy inshoatlar arxitektura tuzilishini oʻrgandi. Xalqaro ekspertlar madaniy meros departamenti mutaxassislari, Shahrisabz shahar arxitektorlari, tarixiy inshoat meʼmorlari bilan shaharning qadimiy xaritasi boʻyicha fikr almashishdi, regeneratsiya ishlarini yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha maslahatlashdi, deya xabar beradi Madaniy meros departamenti Matbuot xizmati.

Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari, Madaniy meros departament boshligʻi Kamola Akilova, Fransiya shaharsozlik instituti mutaxassislari Erik Uybrexts (meʼmor va shaharsozlik hamda hududiy loyihalar boʻyicha ekspert), Kristina Iamandi ( IKOMOS tashkiloti eksperti, meʼmor) va Madaniy meros departamentining mutaxassislari ishtirok etdi.