Maʼlum qilinishicha, huquqbuzarlar jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori T.X.ni maxsus ravishda videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Bu harakat Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 195-2-moddasi talablarini buzgan.
Sud qaroriga muvofiq, M.M. 10 sutka, B.R. esa 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga tortildi.
Tomonlarga birinchi instansiya qarori ustidan belgilangan tartibda Qashqadaryo viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish huquqi borligi maʼlum qilindi.








