Uchrashuv davomida tomonlar Shahrisabz tumani, Gʻyelon qishlogʻi hududida geografik jihatdan qulay joylashuvga ega umumiy yer maydoni 2 ming 600 gektar boʻlgan “Togʻ changʻi dam olish maskani” loyihasi amalga oshirish yuzasidan fikr almashishdi.
Taʼkidlanishicha, qiymati 300 mln dollarga baholanayotgan ushbu loyiha 8,3 km uzunlikdagi 3 ta dor yoʻli, 3 va 5 yulduzli mehmonxona maskani, koʻp qavatli avtoturargohlar, ziplayn, rodelban va boshqa turistik infratuzilmalarni oʻz ichiga olib, birinchi bosqichi 2026-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.