Unda Oʻzbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov OOAFning vitse-prezidenti etib qayta saylandi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, tashkilotning amaldagi prezidenti Yusuf Al Mana rahbarligini davom ettiradigan boʻldi. Shuningdek, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud OOAFning birinchi vitse-prezidenti, Muhammad Al Harbi esa OOAF Bosh kotibi lavozimiga saylanishdi.

Bugun saylangan va tasdiqlangan rasmiylar Parij-2024 Olimpiadasigacha boʻlgan davr mobaynida oʻz lavozimlarida faoliyat yuritadi. Qayd etish joiz, Shahrullo Mahmudov bungacha ham OOAFning vitse-prezidenti, shuningdek, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi sifatida samarali faoliyat olib borgan edi.