Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Toshkentga keldi

    Xalqaro hamkorlik 13 May 2022 3000

    2022-yil 13-may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Toshkentga keldi.

    Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Furqat Sidikov kutib oldi.

    Chjan Minning mamlakatimizga tashrifi mobaynida O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.