Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida g'alaba qozonib, dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Davronova musobaqada 13.75 metr natija qayd etdi. eslatib o'tamiz, u 2 yil muqaddam Kolumbiyadagi U20 jahon chempionatida ham oltin medal` sohibi bo'lgan edi.
SHuningdek, balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borgan Barnoxon Sayfullaeva 1.84 metrga sakrab, shaxsiy rekordini takrorladi. Afsuski, bu Sayfullaevaga sovrinli o'rinlarga ko'tarilish uchun kamlik qildi va u musobaqani 6-o'rinda yakunladi.