Sharm al-Shayxdan Toshkentga uchadigan samolyot parvozi 10 soatdan ortiqqa kechiktirildi

    200 dan ortiq yo'lovchi O'zbekiston poytaxtiga jo'nab ketishni kutmoqda.

    Air Cairo aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayx — Toshkent yo'nalishi bo'yicha SM771 reysi Sharm-ash-Shayxdagi noqulay ob-havo sharoiti, shuningdek, ekipaj ish vaqti tugagani sababli Misr aeroportida 10 soatdan ortiq kechiktirildi. Bu haqida Uzbekistan Airports rasmiy manbasi xabar bermoqda.

    200 dan ortiq yo'lovchi O'zbekiston poytaxtiga jo'nab ketishni kutmoqda. Sharm ash-Shayxdan Toshkentga uchadigan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan. Toshkentga yetib kelish 19:30 ga belgilangan.

    Uzoq kechikish munosabati bilan SM772 (Toshkent — Sharm ash-Shayx) reysining parvozlar jadvali o'zgartirildi. Toshkentdan jo'nab ketish 2023-yil 17-may soat 20:30, Sharm-ash-Shayxga yetib borish 2023-yil 18-may, Toshkent vaqti bilan soat 01:55 ga belgilangan.

    “Toshkent” xalqaro ayroportidan uchayotgan yo'lovchilarga reysning kechiktirilgani haqida xabar berildi va ularga o'z uylariga qaytish yoki terminalda parvozni kutish taklif qilindi.