Sharofiddin bronza medali uchun kurashadi

    Tokio Olimpiadasida dzyudo bahslari ham davom etmoqda. Unda hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev -81 kg vazn toifasida chorak finalda ishtirok etdi.

    2019-yilgi jahon chempioni, avstriyalik Shamil Borchashvili Sharofiddinga qarshi gilamga chiqadi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, Golden Score belgilandi. Unda dastlabki ochkoni qoʻlga kiritgan Shamil gʻalab qozondi.

    Sh. Boltaboyev endi bronza medali uchun kurashib koʻradi.