Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Sharqiy harbiy okrug hududida rejaviy mashgʻulotlar amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
"Shu munosabat bilan fuqarolardan yoʻllarda harbiy texnikalar harakati davomida yoʻl harakati xavfsizligiga rioya qilishingizni soʻraymiz.
Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻrab qolamiz" — deyiladi xabarda.