Internetda voqea guvohi Aleksey Nakonechniyning Sharqiy Qozog'istonning baland tog'larida yog'ayotgan qorni aks ettirgan surati muhokama qilinmoqda. Suratda 1870 metr balandlikda, sport bazasi joylashgan er zich qor bilan qoplangani aks etgan.
“Tog'li hududlarda yomg'ir va qor yog'moqda. Ammo Ridder va uning atrofidagilar uchun bu odatiy hodisa, chunki bu erda baland tog'lar bor”, — deya tushuntirdi sinoptiklar.
Shuningdek, ular yaqin kunlarda butun mintaqada sovuq tushishi kutilayotganini qo'shimcha qildi.
“Prognozlarga ko'ra, viloyatning tog'li hududlarida, aynan Ridder shahri va Katon-Qorag'ay tumanida yaqin kunlarda yomg'ir va qor ko'rinishida yog'ingarchilik kutilmoqda, mintaqaning sharqida havo sovib ketishi ehtimoli katta”, deyiladi sinoptiklar bergan ma'lumotda.