Biz donishmand afgʻon xalqi umummilliy murosaga erishish yoʻlida oʻzaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga aminmiz.

Afgʻon zaminida koʻpdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yoʻl bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qoʻllab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega.

Bu Afgʻonistonning umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uchun yangi istiqbollar eshigini ochadi.

Toʻrtinchidan, xavfsizlik va barqarorlik – mintaqalarimizning izchil rivojlanishi va oʻzaro aloqalarimiz mustahkamlanishining asosiy shartidir.

Bizning xavfsizligimiz boʻlinmasdir va uni faqat konstruktiv muloqot hamda birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali taʼminlash mumkin, dedi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.