- Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr boʻlib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga koʻra, odamlar oʻzining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.

Tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida odamlarning markazga kelishi uchun bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming soʻmgacha xarajat qilishga majbur.

Oʻz davrida tuman Chiroqchi va Koʻkdala hududlariga boʻlingan. Shu bois, koʻplab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Koʻkdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar? 

Bundan tashqari, prezidentlikka nomzod Shahrisabz tumani markazi haligacha Shahrisabz shahrida qolib ketgani, bu esa tumanning rivojlanishini cheklayotganini qayd etdi. 
Uning taklifiga koʻra, Shahrisabz tumani markazi Chorshanba shaharchasiga koʻchirilib, uni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.