Shavkat Mirziyoyev “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

    Davlatimiz rahbarining tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi-spichrayter Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi.

    Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” majmuasining anjumanlar zalida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Anjuman avvalida Qurʼoni karim tilovat qilindi.

    Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya ishtirokchilariga davlatimiz rahbarining tabrigini oʻqib eshittirdi.

    “Konferensiyamizning «Islom – tinchlik va ezgulik dini” deb nomlanishi ham bejiz emas. Hammamiz yaxshi bilamizki, islom dini odamzod uchun tinchlik va omonlik dini hisoblanadi. Muqaddas Qurʼoni karimning “Baqara” surasi 208-oyatida “Ey imon keltirganlar! Barchangiz yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz” deyilishi bejiz emas.

    Bugungi globallashuv davrida jumladan islomofobiya koʻrinishlari musulmon jamiyatlarining tafakkur tarziga, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatiga taʼsir koʻrsatayotganiga hammamiz guvohmiz», deyiladi tabrikda.

    Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.

    Maʼlumot oʻrnida mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 19 centyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusi doirasida tashkil etildi.

    Konferensiya davom etmoqda.