Davlatimiz rahbarini aeroportda Qozogʻiston Bosh vaziri A.Smialov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
13-14-oktyabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari boʻlib oʻtadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq soʻzlaydi.
Sammitlar kun tartibiga oʻzaro savdoni koʻpaytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va koʻp tomonlama muzokaralar ham oʻtkazadi.