Bugun, 2021-yilning 9 sentabr kuni Xalqaro kongress markazida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining (OʻzLiDeP) X syezdi boʻlib oʻtdi. Unda Shavkat Mirziyoyev oʻz saylovoldi dasturining asosiy yoʻnalishlari – “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”ni eʼlon qildi.

 

Yangi Oʻzbekiston strategiyasi quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

  • mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash;
  • fuqarolar va millatlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash;
  • xalqning maʼnaviy turmush tarzini yanada yaxshilash;
  • millati, tili va dinidan qatʼi nazar har bir Oʻzbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga kafolatlangan daromad manbai, tibbiy xizmat va uy-joy bilan taʼminlash hamda yuqori sifatli taʼlim olishi;
  • kambagʻallikni kamaytirish va muhtoj aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
  • mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi va imidjini oshirish.

Davlatimiz rahbari nutqining asosiy tezislari insonning qadr-qimmati va uning rivojlanishi, barcha aholining huquq va erkinliklarini himoya qilish, kambagʻallikni kamaytirish, ijtimoiy siyosat, taʼlim, soʻz erkinligi va oʻz-oʻzini ifoda etish, hayot va xavfsizlik darajasini yaxshilashga qaratildi.

Prezident nutqining tahlili (asl tilidan) shuni koʻrsatdiki, Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida jami 7663 ta soʻzdan foydalangan.

Prezidenti tomonidan eng koʻp “Yangi”, “Oʻzbekiston”, “Xalq” va “Aholi” “Taʼlim”, “Ijtimoiy”, “Iqtisodiyot” “Fan”, “Ilm” soʻzlari tilga olindi (1-rasm)

Xususan, Shavkat Mirziyoyev eng koʻp “Xalq” soʻzini – 77-marta“Yangi” soʻzini 57-marta“Oʻzbekiston” soʻzini 39-marta, "Ijtimoy" soʻzini 24-marta“taʼlim” soʻzini 26-marta, “iqtisod” soʻzini 29-marta ishlatgan.

OʻzLiDeP X syezdi Oʻzbekiston Prezidentligiga Shavkat Mirziyoyevning nomzodini koʻrsatishga qaror qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati