Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Bugun kunning birinchi yarmida Prezident Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

- Hafta davomida Davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi.

- Bundan tashqari, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

- 27-oktyabr kuni davlat rahbari “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻiston Respublikasi poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradi.

- Mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha Prezident huzurida hisobot berishni boshlaydilar.

Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan.