Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish rejasi maʼlum qilindi

    Mamlakatimizda 23 Avgust 2021 2153

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda bu haqda maʼlum qildi.

    Bugun Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan xatarlar boʻyicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qoʻshnilar tomonidan boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida oʻtadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.

    Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha yigʻilish, sport taʼlimini takomillashtirish

    Olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor oʻtkazilishi moʻljallangan.

    Toshkent shahrida atrof-muhit muhofazasina oid amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv;

    Yangi xorijiy elchilarga juma kuni ishonch yorliqlari topshirish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, brifing avvalida oʻtgan haftada “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida chop etilgan Prezident intervyusi, davlat rahbarining Germaniya rahbariyati (Shtaynmayer, Merkel bilan) bilan telefon muloqoti, hafta davomida imzolangan hujjatlar va 20-avgust kuni ilk marta oʻtkazilgan tadbirkorlar bilan muloqot haqida qoʻshimcha axborotlar berildi.

    Bugun Prezident matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan “Maxsus rakurs” loyihasida ochiq muloqotning parda ortidagi voqealari bilan tanishish mumkin.