Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvidagi maʼruzasi lingvistik tahlil qilindi

    Fan 27 Iyun 2022 1226

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari Oʻzbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-iyun kuni boʻlib oʻtgan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvidagi maʼruzasini lingvistik tahlil qildilar.

    Tasviriy ifodalovchi soʻzlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimaga koʻproq eʼtibor qaratayotganini aniqlashdi.

    Prezident oʻz maʼruzasida jami 5674 ta soʻzlardan foydalandi va ularning ichida eng koʻp ishlatilangan soʻzlar: “Konstitutsiya” – 106-marta, “Davlat” – 75-marta, “Inson” – 54-marta, “Huquq” – 42-marta ishlatilgan boʻlsa, “Fuqaro”, “Qonun”, “Taklif”, “Yangi”, “Hayot” kabi soʻzlari esa 30-martadan koʻproq ishlatilgan.

    “Jamiyat”, “Mustahkam”, “Islohot”, “Oila”, “Oʻzbekiston”, “Erkin”, “Ijtimoiy”, “Norma”, “Shaxslar” soʻzlari 20-martadan koʻproq ishlatilgan.

    Davlat rahbarining maʼruzalarida ishlatilgan soʻzlariga eʼtibor qaratar ekanmiz, bugungi kundagi islohotlarning asosiy tamoyili boʻlmish “Inson-Jamiyat-Davlat” degan yondashuviga koʻproq urgʻu berilganiga guvoh boʻlishimiz mumkin.

    Prezident xalqimizga murojaat qilib, konstitutsiyaviy islohot jarayonida yanada faol qatnashishga chaqirdi.

    – Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni taʼminlash – barchamizning bosh maqsadimizdir! Men butun xalqimizni ana shu buyuk maqsadga erishishda oʻzaro birdamlikka va hamjihatlikka chaqiraman, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Uchrashuv samimiy muloqot tarzida davom etdi. Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari soʻzga chiqib, aholining takliflari, islohotlar zarurati haqida oʻz fikrlarini bildirdi.